Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #1275

Zakovat savoli #1275

Ko’pgina Shvetsariya soat brendlari nomi fransuz va nemischa so’zlar bilan nomlangan. Istisno tariqasida, XX asr boshida qo’shni mamlakatdan kelgan migrantlar oqimidan keyin Shvetsariyada U nomli soat brendiga asos solinadi. Uning ayrim markalarida Oy fazalarini yoki moviy ranglarni ko’rish mumkin. Yozuvchi Liz Karlayl asarlaridan birida qahramon qizning tiniq va tubsiz ko’zlari Unga qiyoslanadi.
Diqqat savol: Uni boshi va oxiri bir xil harf bo’lgan bir so’z bilan yozib bering!
Javobni ko'rish

Adriatika

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar