Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #1269

Zakovat savoli #1269

Vengriyalik sayohatchi Herman Vamberi bu shahar nomining kelib chiqishini ushbu hududlarda qadimdan keng tarqalgan o’g`il bolalarning do’st tutinish odati bilan bog`laydi. Bu marosim bo’yicha do’st tutingan o’g`il bolalar qarindoshlardan ham yaqin, ta’bir joiz bo’lsa, bir tanu bir jon hisoblanib, o’lim xavf solib turganida ham, avvalo, do’stini qutqarishga ont ichishgan. Aytish mumkinki, ushbu do’st tutinish odati bir termin bilan atalib, hozirda ham qarindoshchilik munosabatlariga oid so’zlar tarkibida tez-tez qo’llanilib turadi. Siz bu odatning nomini emas, H. Vamberi fikriga ko’ra, shu odat bilan bog`liq bo’lgan shahar nomini yozib bering.
Javobni ko'rish

Andijon

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar