Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #12689

Zakovat savoli #12689

Bu so‘z ma’nolari orasida yorib maydalangan o‘tin, qattiq narsa yoki qotma odam, ba’zida esa laqabni ham ko‘rishimiz mumkin. Bu so‘z ishtirok etgan bir ibora ma’nosi, biror voqea-hodisaning qo‘qqisdan, kutilmagan holda va qo‘pol tarzda bajarilganini bildiradi.
Savol: Bizga bu so‘zni emas, bu so‘z ishtirok etgan iborani bir xil harf bilan boshlanuvchi uch so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish

Tomdan tarasha tushganday

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar