Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #12685

Zakovat savoli #12685

Anna Dostoyevskaya xotirlarida eslashicha, bir romanda bosh qahramonga rafiqasining medalyoni ichida boshqa inson surati borligi haqida anonim xat keladi. Anna ham shu kabi xat yozib, Fyodor Dostoyevskiyga joʻnatadi. Fyodor xatni oʻqigach, Annaning boʻynidagi medalyonni olib ichini ochadi va u yerda oʻzini suratini koʻradi. Shunda Anna turmush oʻrtogʻini XVII asr boshida yozilgan asar qahramoniga oʻxshatadi.
Savol: Oʻsha asar qahramonini kimligini yozib bering.
Javobni ko'rish

Otello

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar