Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #12653

Zakovat savoli #12653

Brahmanlar Uni Rama koʻprigi yoki Nala koʻprigi deb atashadi. Hind eposi Ramayanaga koʻra, U shahzoda Rama buyrugʻi bilan qurilgan. Qurilish ilohiy me’mor Vishvakarmanning oʻgʻli Nala boshchiligida Rama va uning ittifoqchilari kuchlari, shu jumladan maymunlar armiyasi tomonidan amalga oshirilgan. Koʻprikda Rama qoʻshinlari Ramaning sevgilisi Sitani oʻgʻirlab ketgan iblis Ravana bilan jang qilish uchun Shri-Lankaga oʻtishgan.
Savol: U dunyo siyosiy xaritasida qanday nom bilan atalishini BIRINCHIni qatnashtirib yozib bering.
Javobni ko'rish

Odam Ato koʻprigi

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar