Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #12586

Zakovat savoli #12586

Mashhur aktyor Robert de Niro — asli kelib chiqishi italyan boʻlgan AQSH fuqarosi. Shuning uchun koʻp filmlarida amerikalik italyan muhojirlari rolini gavdalantirgan. Robert de Niro mahoratli ijrolari sabab AQSh va Italiyaning koʻplab mukofotlari bilan taqdirlangan. Unga azaliy orzusi boʻlmish “mukofotni” 2006-yil Italiya hukumati poytaxt Rimda topshirdi.
Savol: Bu qanday “mukofot” ekanligini ikki soʻzda yozib bering.
Javobni ko'rish

Italiya fuqaroligi

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar