Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #12545

Zakovat savoli #12545

Diqqat, savolda bir nechta joyda 2 so‘z o‘rnida 1 so‘z keladi.

Qadimgi Rim va Xan imperiyalarining o‘zaro aloqalariga bag‘ishlangan Vikipediya maqolasida Dinozavr eslab o‘tiladi. Dinozavrdagi eramizning 1-asriga oid lotin yozuvlari rimlik askarlarning qadami o‘z hududidan ancha uzoqqa yetganini isbotlaydi. Boshqa bir Dinozavrning bunday nomlanishiga sabab sifatida o‘z vaqtida sho‘ro hukumati erk uchun kurashgan qahramonlarni xalq orasida atayin bosmachi va yovuz qilib ko‘rsatishga uringani aytiladi.
Diqqat, savol: almashtirilgan so‘zlarning aslini yozib bering.
Javobni ko'rish

Qora kamar

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar