Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #12370

Zakovat savoli #12370

Kidjondon – Shimoliy Koreyaning Janubiy Koreyaga koʻrinadigan yagona “targʻibot” qishlogʻi. Bu soxta qishloq 1950-yillarda qishloq tashviqot maqsadida qurilgan boʻlib, goʻyoki Shimoliy Koreyaning “yuqori darajali” yashash sharoitlarini aks ettiradi. Janubiy koreyaliklar optik texnologiyalar yordamida aniqlashicha, shahardagi barcha binolar beton “quti”lar ekan. Savol muallifi bu haqida maqolani o‘qir ekan, 1739-yil Rossiya guberniyasida tug‘ilgan insonni eslab o‘tadi.
Savol: Gap qaysi inson to‘g‘risida ketmoqda?
Javobni ko'rish

Grigoriy Potyomkin.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar