Zakovat savoli #12352
Rivoyatga ko‘ra, ulamolardan bo‘lmish Shayx Umar Bog’istoniy ko‘p yillar davomida farzand ko‘rmaydi, najot istab, zavjasi bilan birga Hazrati Imom qabrini ziyorat etadi. Qurʼon tilovatidan keyin Alloh taolodan farzand ato etishini iltijo qiladi. Xuddi shu payt maqbara ustidan bir gala aldirg‘och birdaniga ko‘kka ko‘tariladi, bu parvozdan “At-tahur” degan sado yangrab ketadi. Shayx Bog‘istoniy yillar o‘tib o‘g‘il ko‘radi. U kamolotga yetib, Shayx darajasiga yetadi.
Savol: Umar Bog‘istoniy o‘gliga qanday ism qo‘ygan?
Savol: Umar Bog‘istoniy o‘gliga qanday ism qo‘ygan?
Javobni ko'rish
Xovandi Tohur.