Zakovat savoli #12030
Isroilning Pegasus dasturi istalgan telefonlarga o‘rnashib olib telefondagi barcha yozishmalar, parollar, foto va videolarni kuzatib borishi mumkin. Hatto telefon kamerasi, mikrofoniga ulanib atrofni kuzatishi, eshitishi mumkin. Dastur istalgan operatsion tizimga o‘rnashib, barchani kuzatishi mumkinligi haqida gapirar ekan, bir maqola muallifi dasturni Unga qiyoslaydi. U baland minora cho‘qqisida joylashgan.
Savol: uni atoqli ot qatnashtirib ikki so‘zda yozib bering.
Savol: uni atoqli ot qatnashtirib ikki so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish
Sauron ko‘zi.