Zakovat savoli #11906
Tarixchilar Pahlavon Mahmudni zamonasining ilg‘or va hur fikrli faylasuf olimi, katta iste’dod va zakovat egasi, shoirlik mushohadasi jihatidan U deb ham atashgan. Bu bejiz emas. Tadqiqotchi olimlarning fikricha, Pahlavon Mahmud she’rda ham, falsafada ham bir insonning zakovatli davomchisigina bo‘lib qolmay balki forsiy, turkiy xalqlar adabiyotida ham oʻsha insondan so‘ng ruboiy yozishda unga teng keladigan shoir bo‘lgan emas.
Savol: U ni bir xil harfdan boshlanuvchi ikki soʻzda yozib bering.
Savol: U ni bir xil harfdan boshlanuvchi ikki soʻzda yozib bering.
Javobni ko'rish
Xorazm Xayyomi