Zakovat savoli #11821
Kot-dʼIvuarda yashovchi ashanti xalqida shunday afsona bor: Qabiladagi bir kampir oʼziga doim oʼgʼirda yanchib tayyorlanadigan fufu taomini pishirishni yaxshi koʼrarkan. Doim oʻgʻir tayogʻi bilan oliy maʼbud Onyankopongaga zarar yetkazarkan. Sabr kosasi toʻlgan maʼbud odamlarni oʻz marhamatidan benasib qoldirib osmonga ketib qolibdi. Kampir ham uning ortidan Osmonga chiqish uchun oʻgʻillaridan zinapoya yasay boshlabdi. Osmonga atigi bitta zina yetmay qolganda eng pastdagi oʻgʻlini tepaga olmoqchi boʻlibdi va barchalari qulab tushib, halok boʻlishibdi.
Ushbu rivoyat savol muallifiga bu paygʻambarning oʻgʻli haqidagi afsonani eslatib yubordi.
Diqqat savol: Ushbu paygʻambarning nomini yozib bering.
Ushbu rivoyat savol muallifiga bu paygʻambarning oʻgʻli haqidagi afsonani eslatib yubordi.
Diqqat savol: Ushbu paygʻambarning nomini yozib bering.
Javobni ko'rish
Nuh alayhissalom