Zakovat savoli #11791
Rivoyatga ko‘ra, samarqandlik Ali ismli kambag‘al me’mor og‘ir kasal bo‘lib yotib qoladi. Tabiblar uning kasaliga davo topa olmaydi. Ma’rifat ismli qiz Alini U bilan davolaydi. Me’mor Ali qurgan binolari dunyoga mashhur bo‘ladi. Ma’rifat tayyorlagan Uning dong‘i yetti iqlimga tarqaladi. Tojikistonlik o‘qituvchi Umarali Zulfon 1985-yilda Samarqanddan olib kelgan UNI 2019-yilda ham sifatli holatda ekanligini aytgan edi.
Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering.
Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish
Samarqand noni