Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #11785

Zakovat savoli #11785

Savolda IKS va IGREK so’zlari har biri bittadan atoqli otni almashtirgan.
Sirojiddin Sayyidning “IKSdan bir kosa, IGREKdan bir jom” kitobi uning asosan, nazmning kichik janrlarida yozgan she’rlari ‒ to‘rtliklar, ruboiy va fardlaridan tarkib topgan. IKS – 1079 yilda rasman qabul qilingan va to hozirgacha Eronda amalda qo’llanilayotgan “Jaloliy” nomli quyosh taqvimi muallifi hisoblanadi. IGREKning o’g’li Sulton Valad esa, asosida otasining ta’limoti bo’lgan Mavlaviya tariqatiga asos soladi.
Diqqat savol: IKS va IGREK bilan almashtirilgan so’zlarni yozib bering.
Javobni ko'rish

Hayyom, Rumiy

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar