Zakovat savoli #11755
G‘arblik bir yigit musulmonlar masjidiga kelib Islomga kirish shartlarini so‘rabdi. Masjiddagilar unga iymon keltirish shartini tushuntiribdi va ibodat qilish uchun u ishni qilish kerakligini aytibdi. U ishni eshitgan yigit Islomda ham sehrgarlik bor ekanda deb o‘ylabdi. Ammo u ishni qilgach, bu fikridan qaytibdi. U ish nimaligini bilishga quyidagi rivoyat sizga yordam beradi, deb o‘ylaymiz.
Payg‘ambar alayhis-salom bir kuni Bilol roziyallohu anhuga:
"Ey, Bilol har kecha tushimda jannatga kirsam, oldimda seni kovushingni ovozini eshitaman. Bunga qanday erishding?"
Hazrati Bilol:
"Ya Rasululloh, men har doim u ishni qilsam, o‘zimga ikki (rakat namoz) ni lozim tutdim", deb javob berdilar.

Javobni ko'rish
Vuzu