Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #11747

Zakovat savoli #11747

Iks kukunsimon, qizil rangli modda. Qadimda opa-singillarimiz, hatto, momolarimiz turli milliy bayramlarda, ayniqsa, “Navro‘z” pallasida o‘zlariga oro berish uchun shu kukundan foydalanishgan. U yuzning ikki tomoniga dumaloq shakl­da surilgan va xotin-qiz­larning yanada go‘zal, chiroyli ko‘rinishiga sababchi bo‘lgan. O'zbek xalq maqollaridan birida iksning biroz buzilgan shakli uchraydi. Sovet davrida bu maqolga sun’iy ravishda siyosiy tus berilgan bo'lib, go‘yoki hammaning fikri strategik xomashyoga qaratilgan edi. Diqqat savol: Siz bizga o'sha o'zbek xalq maqolini emas, uning tarkibida uchrovchi iksni to'g'ri holida bir so'zda yozib bering.
Javobni ko'rish

g'oza

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar