Zakovat savoli #11709
Daryo.uz jurnalisti Aziz Yusupov bu asar haqida yozar ekan quyidagilarni eslaydi:
“Bu kitobni to‘rt marotaba o‘qidim: ikki marta mutlaqo tushunmay, bir marta ba’zi bir narsalarni anglayotgan palla ichim siqilib, tashlab qo‘yganman. Va nihoyat, uch yil burun bu asarning nimasi bunchalik mashhur ekanligini bilish jazavasida o‘qishga qattiq kirishdim. Tugatganimdan so‘ng ikki kun shu asar qahramonlarining holatida yurganimni eslayman. Bu roman hovlimizdagi eski o‘rik daraxtini, tomorqadagi beton yo‘lak bo‘ylab harakatlanayotgan YUZLAB CHUMOLILARni o‘zgacha hayrat bilan kuzatishimga majbur qilgan”.
Savol: Gap qaysi asar haqida ketayotganini yozib bering.

Javobni ko'rish
“Yolg’izlikning yuz yili”.