Zakovat savoli #11664
2000-yillar boshida Hindistonning Assam shtatida bo'yi taxminan 3 metr keladigan fil paydo bo'ladi va 2 yil davomida naqd 27 ta ba'zi manbalarga ko'ra 14 ta odamning boshiga yetadi. Bundan tashqari u yuzdan ortiq uyni buzib tashlaydi. Juda ham aqlli bo'lgan ushbu fil ta'qibdan oson qochib qutilar, tez-tez dislokatsiyasini o'zgartirib turgani uchun ovchilar uni tuta olishmasdi. 2006-yil 18-dekabr kuni ushbu fil otib tashlanadi. Biroq haligacha otib tashlangan aynan o'sha fil bo'lgani haqida aniq dalillar yo'q. Diqqat savol ushbu fil haqidagi maqolada 1957-yil Ar-Riyyodda tug'ilgan qaysi inson nomini ko'rish mumkin.
Javobni ko'rish
Usama bin Laden!