Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #11524

Zakovat savoli #11524

1983 yil asos solingan va hozirda Jeremy Scott tomonidan boshqarilayotgan X kompaniyasi o'zining noodatiy, zamonaviy va hazilomus kiyim kolleksiyalari bilan dunyoga mashhur. Xning "waste of money"(havoga uchgan pul) yozuvli pidjaklari va musor paketlaridan taxlangan ko'ylaklari bunga yaqqol misoldir. Kiyimlardan tashqari brend aksessuarlar, taqinchoqlar, atirlar va kosmetika mahsulotlari chiqaradi. X ning eng yuqori baholangan atirlari Y siluetidagi idishlarda sotiladi. Y ushbu brendning simvoli hisoblanib uning futbolkali versiyalarida "This is not a X toy"(bu X o'yinchog'i emas) yozuvini ko'rishingiz mumkin.
Savol, agar siz X bilan yashirilgan brendni topgan bo'lsangiz, bizga Y nomi ortida yashirilgan hayvonni yozib bering
Javobni ko'rish

Ayiq

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar