Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #1147

Zakovat savoli #1147

2022-yil may oyida taqdim etilgan “Muhabbat Bahori” nomli oʻzbek filmida bosh rollardan birini ijro etgan Shahnoza Hojimurodova oʻz qahramoni haqida shunday deydi: “Ushbu ayol obrazini yaratish zimmamga katta ma’suliyat yuklaydi. Mazkur kinoasarda nafaqat uning ijodi, balki insoniylik qirralari, ayollik baxti, turmush oʻrtogʻiga boʻlgan vafo va sadoqati aks ettirilgan”. Filmning bir kadrida esa qahramon gullayotgan oʻrik daraxtiga qarab turgani aks etgan.
Savol: Filmda aktrisa qaysi yurtdoshimiz rolini ijro etgan.
Javobni ko'rish

Zulfiya.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar