Zakovat savoli #11376
1939-yili Nyu-Yorkdagi Xalqaro ilmiy fantastika yig‘ilishiga ikki amerikalik kosmoopera qahramonlari kiyimida tashrif buyuradi. Keyingi yillarda ushbu g‘oya ommalashib, tadbir maskaradga aylanib ketadi va eng yaxshi KOSTYUM uchun konkurslar tashkil qilina boshlaydi. 1984-yili tadbirda qatnashgan yozuvchi Nobuyuki Takaxasi matbuotda ilk bor USHBU so‘zni qo‘llaydi. Diqqat: ushbu xorijiy so‘zni yozib bering!
Javobni ko'rish
Kospley