Zakovat savoli #11254
Afsonaviy spartalik jangchi egizaklar Kastor va Polidevk bir-birlarisiz yashay olmagani uchun, o’limlaridan so’ng, Zevs tomonidan bir kun Olimpda, bir kun Tartarda yashashlariga ruhsat beriladi. Bu ma’lumotni o’qigan savol mualllifi XI-XII asrlarda yaratilgan dostonimizni esladi. Dostonda aka-uka “bo’ri” va “baliq” Zangar shahrida dorga osishlari vaqtida, bir-birisiz yashay olmasliklarini aytib, birinchi bo’lib o’lishga talashadilar.
Savol: Bir daqiqa o’ylab, qaysi xalq dostonimiz haqida gap ketayotganini yozib bering.
Savol: Bir daqiqa o’ylab, qaysi xalq dostonimiz haqida gap ketayotganini yozib bering.
Javobni ko'rish
Kuntug’mish. Bo’ri – Gurkiboy, baliq – Mohiboy