Zakovat savoli #11073
Neapolda kambag'al oilada tug'ulgan Enriko Karuzo Metropolitan opera teatrida jahon shuxratini qozongan davrda shifokorlarning xato davolashi oqibatida tuzalmas kasallikka chalinadi. Shundan so'ng unda bir vaqtlar bo'lgan X, endi Y ga aylanadi. X Uilyam Sefirning siyosiy lug'atida "millatning manaviy kuchi" deb atalgan bo'lsa, Y esa 1925- yilda yozilgan roman. Savol: X va Y ni toping?
Javobni ko'rish
Amerika orzusi, Amerika fojeasi.