Zakovat savoli #10981
Bu "kitobiy" kasalliklardan biri bo‘lib, ko’pchilik romanlarda ushbu kasallikka chalingan obrazlar uchraydi. Afsuski hozirgi kunda ham millionlab kishilar undan aziyat chekadi. Qadimdan ma’lum bo’lgan bu kasallik podshohlar yoki zodagonlar kasalligi deb nomlangan. Sababi u ko‘proq sharob va go‘sht iste’moli, shuningdek, ortiqcha vazn egalarida rivojlanar ekan. Litiy tuzlari ko’pincha bu kasallikni davolashda ishlatiladi. Diqqat savol bu qaysi kasallik?
Javobni ko'rish
Podagra