Zakovat savoli #10958
Savol matnida bir so‘z boshqa bir so‘zni almashtirib kelgan.
Nezahualkoyotl - XV asrda yashab o'tgan atsteklarning Tekzkoko shahar-davlatining tlatoanisi (hukmdori) bo'lgan. U nafaqat hukmdor, balki faylasuf va shoir sifatida ham nom qozongan bo'lib, o'z saroyida ko'plab rassomlar, musiqachilar va haykaltaroshlarni to'plagan. Nezahualkoyotl 15 yoshga to'lganda uning otasi - Tlatoani dushmanlar tomonidan o'ldiriladi. Yosh Nezahualkoyotl shu tufayli shaharni tashlab ketishga majbur bo'ladi, ammo keyinchalik kuchli qo'shin to'plab Tekzkokoni qayta egallaydi va otasi uchun qasos oladi. Shahzodalik vaqtida taxtdan tushirilishi va keyinchalik g'alabali qaytishi tufayli Nezahualkoyotl ayrim tarixchilar tomonidan “Atstek Otellosi” deya sharaflangan.
Savol: Matnda almashgan bir so‘zni originalini yozib bering

Javobni ko'rish
Gamlet