Zakovat savoli #10952
O'zbekistondagi mashhur toponimlardan biri bo'lgan bu nom ostida Farg'ona, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlaridagi qishloqlarni ko'rishimiz mumkin. Bu nomning kelib chiqishiga islom dinidagi bir dastur va asosiysi, ushbu qishloqlar hududida avallari karvonlarga xizmat ko'rsatadigan karvonsaroylar bo'lgani asos etib olinadi. Savolni topishda sizga XV-XVI asrlarda yashagan Abul Hasan Ishqiy yordam berishi mumkin. Savol: Siz menga shu toponim nomini yozib bering.
Javobni ko'rish
Langar.