Zakovat savoli #10708
2003-yilgi “Qizaloq nima xohlaydi” filmida takabbur aristokrat rolini o‘ynagan Anna Kansler real hayotda juda boy nasl-nasabga ega. Qarindosh va ajdodlari orasida bosh vazir, graf va gersoglar bor. Ammo aktrisa boy oila va nasabidan faxrlanib, gʻurur bilan yurishni oʻziga uyat bilib, aktrisalik mahorati uchun maqtalishni afzal ko‘radi. Annaning ajdodlari orasida 1775-yilda tugʻilgan yozuvchini koʻrish mumkin.
Savol: Oʻsha yozuvchi kimligini yozib bering.
Savol: Oʻsha yozuvchi kimligini yozib bering.
Javobni ko'rish
Jeyn Ostin.