Zakovat savoli #10446
2019-yilda Madridning Real jamoasi Chelsi safida yettita muvaffaqiyatli mavsumni o‘tkazgan Eden Azarni klub uchun rekord narx – 110 million dollarga sotib olib, unga jamoadoshlari orasidagi eng ko‘p maoshni ham beradi. Lekin to‘rt mavsum davomida belgiyalik iste’dod sohibi yangi jamoasi safida hech qanday xayratlanarli o‘yin namoyish eta olmadi va madridliklar bir necha bor futbolchini boshqa klubga transfer qilib, uning juda katta maoshidan tejab qolishni xohlashdi. Bu haqidagi maqolada Eden Azar IKSga o‘xshatiladi.
Savol: IKSni ikki so‘zda yozib bering.
Savol: IKSni ikki so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish
Oq fil.