Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #10427

Zakovat savoli #10427

“Marhabo, talantlar” nomi ostida e’lon qilingan ushbu multfilmning o‘zbekcha versiyasida siz tomosha qilgan epizodda yunonchadan “qoidalarga qarshi” ma’nosini beruvchi bir so‘z ham ishlatilgan. Bu so‘zni ushbu epizodda nega ishlatilganini balki xorijliklar tushunmas, lekin o‘zbek tarjimonlari aqlli va nozik sarkazm qila olishgan. Ushbu so‘zning kelib chiqish tarixi haqidagi internetdagi bir hazilda, chekka qishloqda ota-bola chorvasini yo‘qotib qo‘ygani, keyin ota yo‘qolgan chorvani ko‘rib qolib, o‘g‘liga ko‘rsatgani aytiladi.
Savol: O‘sha so‘zni yozib bering.
Javobni ko'rish

Anomal.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar