Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #10350

Zakovat savoli #10350

Ushbu savolga to‘gri javob topgan bahongiz umringiz bahosiga teng bo‘lishi mumkin.
Usmon Azimning bu she'ri UNING so‘nggi tushi deb ataladi.
Men, har holda, Toshkentda edim, Xadrasida, yo O‘rdasida.
Es-hushimdan ayrilib turdim
Keng shaharning qoq o‘rtasida. Tongotarga boqdim-da, birdan — Ko‘kragimni qoldim quchoqlab.
Ufq nega qonga belangan,
Kim osmonni ketdi pichoqlab?
Savol: Bu she'rni Usmon Azim kimning so‘nggi tushi deb nomlagan.
Javob: Usmon Nosir
Izoh: Savolning preambula qismida ushbu savolga to‘gri javob topgan bahongiz umringiz bahosiga teng bo‘lishi mumkin deyishimiz Usmon Nosirning
She’rim she'ridagi quyidagi misralarga ishora edi:
Sen yuragimning chashma suvi sen,
Sen ko‘zlarimning gavhar nurlari.
Sening bahongni kim so‘rasa, de:
“Bahom umringning bahosiga teng!”
Javobni ko'rish

Usmon Nosir.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar