Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #10348

Zakovat savoli #10348

Bu so‘z lotincha "contra"- "qarshi", "motio"- "harakat" ma'nolarini bildirib, vaqt bo‘ylab teskari yo‘nalishdagi harakatni anglatuvchi tushuncha.
"Mahfiy xujjatlar" ("X-files") seriali 8-faslidagi epizodlardan birida ushbu harakat asosiy mavzu sifatida tanlangan. Seriya boshida xotinining qotilligida ayblangan Redrum ismli qahramon otib tashlanadi, biroq u oldingi payshanba kunida uyg‘onadi. Butun kunni yashab bo‘lgach esa, chorshanba tongida uyg‘onadi va hayoti shu tarzda davom eta boshlaydi.
Shu tariqa u xotinining qotilligini oldini olishga muvaffaq bo‘ladi va 1965-yilda yozilgan roman qahramonining hayotini takrorlaydi.
Savol: Ushbu roman nomini yozib bering.
Javobni ko'rish

"Dushanba shanbadan boshlanadi".

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar