Zakovat savoli #1032
Shu yildan boshlab "Chelsi" futbol klubi rahbariga aylangan amerikalik Tod Bouli APLga yangi o'yin taklifi bilan chiqdi. Unga ko'ra, APL yulduzlari bir jamoaga birlashib, bir biriga qarshi o'ynaydi. Bir tomonda"Manchester United", "Manchester City", "Liverpul" kabi jamoalar yulduzlaridan tuzilgan jamoa bo'lsa, ikkinchi tomonda "Arsenal", "Chelsi", "Tottenham" va "Vest Ham" kabi jamoa o'yinchilaridan tuzilgan jamoa qatnashadi. Bu yangi o'yin nomi 1887-yilda nashrdan chiqarilgan, voqealari Floridada, Fuqarolik urushi davrida kechuvchi sarguzasht roman nomi bilan bir xil. Savol: o'sha roman muallifini yozib bering
Javobni ko'rish
Jyul Vern