Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #10315

Zakovat savoli #10315

Tibbiyot yaralibdiki, insonlarni qiziqtirib kelgan eng asosiy savollardan biri bu insonning joni qayerda joylashganligi to'grisidagi savoldir.Masalan insonning joni aynan insonning qayerida bo'ladi, yuragidami, qonidami, miyasidami va h.k. Ana shu savollar ko'plab tabiblarga, tibbiyot xodimlariga ko'plab odamlar tomonidan berib kelingan. Barcha tabiblar o'zlaricha javob berishgan, tushuntirib berishgan. Ana shunday buyuk tabiblardan biri bo'lgan Galen aytishicha insonning joni X qayerda bo'lsa o'sha yerda. X qorningizda bo'lsa demak joningiz ham o'sha yerda. Agar X tomog'ingizda, bo'yningizda bo'lsa demak joningiz ham o'sha yerda. D.s: X ni nima ekanligini aniq yozib bering.
Javobni ko'rish

Og'riq

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar