Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #10160

Zakovat savoli #10160

Vyetnamda terini quyoshda kuyishi qashshoqlik ramzi ekan. Shu sababli, vyetnamlik qizlar terining oqligini nazorat qiladilar va issiq kunlarda deyarli koʻrinish bermaydilar. Quyoshli kunlarda esa ular turli himoya vositalaridan foydalanishadi. Masalan, katta qora koʻzoynaklar, yuz niqoblari, yelka uzunlikdagi qoʻlqoplar va maxsus uzun yubkalar kiyishadi. Shuning uchun quyoshli havoda moped minadigan vyetnamlik qizlar oʻzlarini Unga oʻxshatib hazil qilishadi.
Savol: Uni bir yaponcha soʻzda yozib bering.
Javobni ko'rish

Nindzya.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar