Zakovat savoli #10077
Savolda 1 so’z bilan boshqa 2 so’z almashtirilgan.
X asrda Arabiston yarimorolining sharqida hukmronlik qilgan Qarmatiylar davlatida jamiyat kommunizm va tenglik tamoyillari asosida qurilgandi. Ularda ishlab topilgan hamma narsa umumiy xazinaga tushgan va mablag'ni taqsimlash oqsoqollar kengashi tomonidan amalga oshirilgan. Shu bilan birga Qarmatiylar tez-tez Iroqqa bosqinchilik yurishlari uyishtirib turishgan, tez-tez hojilar karvonlariga hujum qilib, odamlarni qirib yuborishgan. Shu sababli ba'zi zamonaviy mualliflar ularga IBO laqabini berishgan.
Diqqat savol: Almashtirilgan ikki so’zni yozib bering.

Javobni ko'rish
Islom bolsheviklari